Avtorizatsiya
Логин:
Пароль:
Забыли свой пароль?
Регистрация
Obuna bo‘lmoq

Cisco lokal akademiyasi

Tarmoq mutaxassislarni òqitish — Òzbekiston UzSciNet ilmiy va ta’lim tarmoġining yònalishlaridan biridir.

2000 yilda UzSciNet tizimi bazasida bugungi kunda Òzbekistonda birinchi va yagona bòlgan lokal va sertifikasiyalangan Cisco tizim akademiyasi ochilgan. Òsha paytda Ta’lim markazi ham faoliyat yurita boshladi.

Cisco akademiyasi kichik va òrta kòlamli lokal tizimlarni tuzish, yaratish va ularga xizmat kòrsatishga qodir bòlgan zamonaviy axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislarini tayyorlash bilan shuġullanadi.

Cisco akademiyasining tòliq dasturi, va ayni paytda web sahifalar uslubiyoti va texnikasi; zamonaviy tarmoq tizimlarini boshqarish; Internet-tijoratning strategiyasi va amaliyoti kabi alohida kurslar bòyicha ta’lim olish kòzda tutilgan.

UzSciNet xodimlari tegishli ta’lim olib, Cisco trenerlari sertifikatiga ega bòldi. BMT Rivojlanish Dasturi, Òzbekiston Ochiq Jamiyat Instituti va Òzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Dasturining oliy toifadagi tarmoq mutaxassislari uchun mòljallangan birinchi virtual òquv sessiyasi bòlib òtdi.