UzSciNet: O‘zbekistonning ilmiy va ta‘lim tizimi |
|
|
Avtorizatsiya
Obuna bo‘lmoq
|
Cisco tizim akademiyasiTelekommunikasiyalar sohasidagi mashhur etakchi - Amerikaning Cisco Systems kompaniyasi 1997 yilda “Tizim Akademiyasi” jamoatchilik-xususiy dasturini (CiscoNetworkingAcademyProgram) yaratdi. U bugungu kunda dunyo bòyicha 8 mingdan ortiq òquv yurtlarini qamrab olgan va talabalarga onlaynli òquv dasturlarini havola etadi. Ushbu ta’lim dasturi 133 mamlakatda, jumladan Bangladesh, Kambodja, Mali, Chad va Kongoda faoliyat kòrsatadi. Hammasi bòlib, tizim akademiyasida 232 nafar talaba ta’lim olmoqda. Dasturdan kòzlangan maqsad - butun dunyoda tobora òsib borayotgan komp’yuter tizimi mutaxassislariga bòlgan talabni qondirishdan iborat. U CCIE (Cisco Certified Internetwork Expert - tizimlararo ayirboshlash texnologiyalari bòyicha sertifikasiyalangan Cisco eksperti) dasturiga asoslangan. Bugungi kunda CCIE dunyoda tarmoq texnologiyalari bòyicha eng nufuzli dasturlardan biri hisoblanadi. Ta’lim ikki bosqichda: mintaqaviy va mahalliy bosqichda amalga oshiriladi. Mintaqaviy Cisco Qozoġistonning Olmaota shahrida joylashgan, u erda ta’lim beruvchi trenerlar òqitiladi. 2000 yilda UzSciNet tizimi bazasida Òzbekistondagi yagona mahalliy sertifikasiyalangan CISCO tizim akademiyasi ochildi. Òsha paytda Ta’lim markazi ham faoliyat kòrsata boshladi. Cisco akademiyasida ta’lim olish 4 semestrga mòljallangan bòlib, ularning har biri 6 haftadan kam bòlmagan vaqtni, jami 6 oyni tashkil etadi. Akademiyani tamomlaganlar kurslarda ta’lim olganliklari tòġrisida CISCO sertifikatini oladi, keyinchalik ularni dunyoning sertifikasiya markazlaridan birida - VUE va Sylvan Prometricda tasdiqlash kerak (bir yil mobaynida). Buning uchun haq tòlanadi, biroq Akademiyani tamomlaganlar imtiyozlarga ega. Siz Cisco Systems saytining tegishli bòlimida Tarmoq Akademiyasining taqdimoti bilan tanishishingiz mumkin. 2000 yilda UzSciNet tizimi bazasida Òzbekistondagi yagona mahalliy sertifikasiyalangan CISCO tizim akademiyasi ochildi. Òsha paytda Ta’lim markazi ham faoliyat kòrsata boshladi. |