ssilki
Bizning ssikakalar

Спонсор сети - Программа развития ООН

Avtorizatsiya
Логин:
Пароль:
Забыли свой пароль?
Регистрация
Obuna bo‘lmoq

UzSciNet loyihasi homiylari

UzSciNet tizimining faoliyati boshidanoq nodavlat notijorat tashkilotlarning homiylik yordamidan foydalanib kelmoqda. Ularning yordamisiz ushbu tizimning vujudga kelishi amrimahol edi. Barcha loyihalar esa, qoġozda qolib ketar edi.

Homiylarimiz yordami tufayli biz hozirda uch yuzdan ziyod ilmiy va ta’lim muassasalari uchun ishonchli axborot-texnologik tayanch vazifasini bajarayapmiz. Dastlabki homiylarimizdan biri - bu NATOning ilmiy qòmitasidir. 1997 yili ushbu qòmita UzSciNet boshqaruv markazini tuzish uchun grant ajratgan edi.

1998 yili Ochiq Jamiyat instituti granti tizimni kengaytirish hamda modemli pullar sonini oshirish va Zaknet tizimiga ulanish imkoniyatini ta’minladi. Ochiq Jamiyat Instituti va NATOning ilmiy qòmitasi kòmagi natijasida 1998 yili UzSciNet tizimi yuzdan ortiq foydalanuvchilarga ega edi.

1999 yili esa NATOning ilmiy qòmitasi tizimi yanada kengaytirishga imkon beruvchi yangi grant ajratdi. Ushbu davrda Ochiq Jamiyat Instituti Internetni Òzbekistonda qòllab-quvvatlash yangi dasturini qabul qildi va UzSciNet ni ta’lim tizimiga aylantirdi. Shu yilning kuzida BMTning Rivojlanish dasturi va Ochiq Jamiyat Instituti “Òzbekistonda Internet texnologiyalarni rivojlantirish va ularni keng tarqatish uchun salohiyat yaratish” qòshma loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qildilar. Mazkur loyiha mamlakatda Internetni rivojlantirishga qaratilgan bòlib, asosiy e’tibor fan va ta’lim sohalari bòyicha tizim yaratishga berilgan edi. 2000 yilning fevral’ oyida mazkur loyiha imzolandi va UzSciNet tizimi yanada rivojlana boshladi.